Siz topqir va aqllimisiz? Bo’lmasa man bu quvnoq test savollariga javob berish orqali yan bir bor o’z zehningizni sinovdan o’tkazing. Asosiy shart – ko’p o’ylamasdan javob bering.
- Faraz qiling, siz sport musobaqasida ishtirok etayapsiz. Shunchalik chaqqon, abjirsizki, ikkinchi bo’lib keloyatgan chopag’onni quvib o’tdingiz. Hisobda nechanchi bo’lib ketayapsiz?
(Javob: Agar siz musobaqa g’olibiman deb o’ylasangiz, yanglishdingiz. Axir, siz atiga ikkkinchi sportchini quvib o’tdingiz. Demak uning o’rnini egalladingiz.)
- Tasavvur qiling. Omadingiz kelib, musobaqadagi oxirgi ishtirokchidan oldinga o’tib oldingiz. Endi qaysi o’rindasiz?
(Javob: Oxirgidan oldingi deb o’ylasangiz, afsus yana xato qildingiz. Siz oxirgi sportchini quvib o’tgan bo’lsangiz, demak siz oxirgi edingiz.)
Keying savolga to’g’ri javob berishga harakat qiling. Esingizda tuting, matematik hisob-kitobni tehnik vositalarsiz, og’izaki yeching.
- 1000 ga 40 ni qo’shing. So’ng yana 1000 ni qo’shing. Yig’indiga 30 ni qo’shing va 1000 ni, undan so’ng 20 va 1000 ni qo’shing. So’ng yig’indiga yana 10 ni qo’shing. Necha bo’ldi?
(Javob: 5000?! Afsuslar bo’lsinki, yana xato qildingiz. Tog’ri javob – 4100. Kalkulyatorda tekshiring. Matematika siz uchun emas.)
- Do’konga tish cho’tkasini sotib olish uchun kar -soqov kishi kirib keldi. Tish tozalayotganligini harakatlar bilan ko’rsatdi. Sotuvchi farosatli bo’lganligi uchun nima kerakligini tushundi. Ko’r haridor ko’z oynak sotib olish uchun do’konga keldi. Unga nima kerakligini qay usulda tushuntiradi?
(Javob: u oddiygina “menga ko’zoynak kerak” deb aytadi.)
- Polsha va Germaniya chegarasida samalyot halokatga uchradi. U neytral hududga tushdi. Tirik qolgan odamlar qaysi hududda dafn etiladi?
(Javob: Tirik insonlar dafn etilmaydi.)
- Ikki ota va o’gil ovchi edilar. Ov paytida har biri bittadan kaklik ovladilar. Hammasi bo’lib, 3 ta kalik ovlandi. Bu qanday yuz berdi?
(Javob: ikki ota va ikki o’g’il – bu o’g’il, ota va bobo.)
Keyingi maqolamizda , 15 daqiqa davomida “shifrlar” da yashiringan harf va sonlarning ma’nosini topish, bo’yicha quvnoq testlar bo’ladi.
Комментариев нет:
Отправить комментарий